+998 78 333 77 78 Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko'chasi, 5A/5

DOLCE LUMINA PASTEL

DOLCE LUMINA PASTEL — konditeriya va bakery loyihalari uchun yaratilgan zamonaviy klassika uslubidagi premium mebel yechimi bo‘lib, interyerda nafislik, yengillik va yorug‘likni uyg‘unlashtiradi. Pastel ranglar, yumshoq arka shakllari va ichki LED yoritish elementlari mahsulotlarni maksimal darajada jozibador ko‘rsatadi va mijozlarda iliq, ishonchli atmosfera hosil qiladi.
Vitrina, ishchi zona va ochiq javonlar yagona kompozitsiyada ishlab chiqilgan bo‘lib, sotuv jarayonini tezlashtirish va xizmat ko‘rsatish qulayligini oshirishga xizmat qiladi. Mebel yuqori sifatli materiallardan — bo‘yalgan MDF, shponlangan MDF, shisha va metall elementlar asosida ishlab chiqariladi. Konstruktsiya intensiv foydalanishga moslashgan, oson parvarish qilinadi va uzoq muddat xizmat qiladi.
Qo‘shimcha:
• Narx va ishlab chiqarish muddati mebel hajmiga qarab belgilanadi
• Dizayn, rang va komplektatsiya individual tarzda sozlanadi
• Ushbu rasmdagi kabi to‘liq dizayn va realizatsiyani amalga oshirib beramiz

Mahsulot: Vitrina/bar zonasi mebellari
Kategoriya: Kafe va Restoran uchun mebellar
SKU: prod805

Miqdorni tanlang