VERDE LEGNO ARTISAN — kafe va restoranlar uchun ishlab chiqilgan zamonaviy eco-minimalizm uslubidagi mebel yechimi bo‘lib, tabiiy materiallar va iliq ranglar orqali interyerga jonli va premium muhit bag‘ishlaydi. Dizaynda yashil teksturali devor va yog‘och fakturali fasadlar uyg‘unligi asosiy vizual aksent sifatida ishlatilgan bo‘lib, mijozlarda qulaylik va ishonch hissini uyg‘otadi.
Vitrina va ishchi zonalar minimalistik va ergonomik tarzda loyihalashtirilgan, bu esa mahsulotlarni ochiq va jozibador ko‘rsatish bilan birga xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi. Mebel yuqori sifatli materiallardan — shponlangan MDF, massivga yaqin fakturali panel, metall karkas va shisha elementlardan ishlab chiqariladi. Konstruktsiya intensiv foydalanish uchun mo‘ljallangan, bardoshli va uzoq muddat xizmat qiladi.
Qo‘shimcha:
• Narx va ishlab chiqarish muddati mebel hajmiga qarab belgilanadi
• Loyihalar uy va xona o‘lchamiga moslashtiriladi
• Dizayn, rang va komplektatsiya individual tarzda sozlanadi
• Ushbu rasmdagi kabi to‘liq dizayn va realizatsiyani amalga oshirib beramiz
Mahsulot:
Vitrina/bar zonasi mebellari
Kategoriya:
Kafe va Restoran uchun mebellar
SKU: prod806