Yumshoq ranglar va soddalashtirilgan dizayn asosida yaratilgan zamonaviy minimalistik oshxona. Maksimal funksionallik va vizual tozalikka yo‘naltirilgan.
Ushbu oshxona mebeli minimalizmni sevuvchilar uchun ideal yechim bo‘lib, silliq fasadlar va neytral ranglar orqali interyerga yengillik va kenglik hissini beradi. Yuqori shkaflardagi vertikal tekstura dizaynga o‘ziga xos dinamika qo‘shadi. Barcha elementlar ergonomik tarzda joylashtirilgan: keng ish yuzasi, yashirin saqlash tizimlari va встроенный texnika orqali maksimal qulaylik ta’minlangan. Yorug‘lik bilan ishlash ham alohida e’tiborga olingan bo‘lib, oshxonaga iliq va sokin atmosfera beradi.
Qo‘shimcha:
• Narx va ishlab chiqarish muddati mebel hajmiga qarab belgilanadi
• Loyihalar uy va xona o‘lchamiga moslashtiriladi
• Dizayn, rang va komplektatsiya individual tarzda sozlanadi
• Ushbu rasmdagi kabi to‘liq dizayn va realizatsiyani amalga oshirib beramiz
Mahsulot:
Oshxona mebellari
Kategoriya:
Xonadon mebellari
SKU: prod203