+998 78 333 77 78 Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko'chasi, 5A/5
Bellissimo Pizza – Tashkent City filiali loyihasi

Loyiha videosi

25 fev

Bellissimo Pizza – Tashkent City filiali loyihasi

Loyihada mijozning konsepsiyasidan kelib chiqib, har bir detal ergonomika, qulaylik va uzoq muddatli foydalanish tamoyillari asosida ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida bajarilgan ishlar:

• Turli konfiguratsiyadagi yumshoq divanlar (bir tomonlama, ikki tomonlama va burchakli modellar) ekologik charm qoplama hamda mustahkam metall karkas asosida tayyorlandi.

• Mehmonlar uchun turli o’lchamdagi stol va o’tirish zonalari ishlab chiqarildi. Stol ustilari EGGER va LMDF materiallaridan tayyorlanib, metall karkas bilan uyg’unlashtirildi.

• Dumaloq umumiy o’tirish maydoni (round seating) zamonaviy dizayn, qulaylik va estetikani birlashtirgan holda ishlab chiqildi.

• Bar stollari, umumiy foydalanish stollari hamda o’rindiqli stol komplektlari loyiha konsepsiyasiga mos ravishda ishlab chiqarildi.

• Interyer makonini zonalarga ajratish uchun metall karkasli, perforatsiyali, organik shishali va yumshoq elementli dekorativ ajratuvchi panellar o’rnatildi.

• Premium materiallardan tayyorlangan kassa zonasi hamda chiqindi stansiyasi GRANDEX sun’iy toshi, EGGER panellari va zanglamaydigan po’lat elementlari bilan ishlab chiqildi.

• Sanitariya xonasi uchun rakovina, tumba va oynadan iborat mebel kompleksi PVC korpus, BLUM furniturasi va GRANDEX sun’iy tosh stoleshnitsa bilan tayyorlandi.

• Shift va devorlar uchun dekorativ perforatsiyali metall panellar, osma dekor elementlari hamda EGGER va LMDF panellari bilan qoplama ishlari bajarildi.

• Ichki eshiklar, o’rnatma shkaflar va boshqa interyer elementlari loyiha dizayniga mos ravishda ishlab chiqarilib, sifatli furnituralar bilan jihozlandi.


Loyihada EGGER, GRANDEX, BLUM kabi dunyoning ishonchli brendlari material va furnituralaridan foydalanildi. Natijada Bellissimo Tashkent City uchun zamonaviy, funksional va uzoq yillar xizmat qiladigan premium interyer yaratildi.

Loyiha galereyasi