Yuqori sifat va servis orqali mijozlarni ishonchini qozonib, qulaylik yaratgan holda hayotlariga quvonch ulashamiz!
• Mijozlarning roziligi puldan muhim
• O'zimizga ravo ko'rganimizni, boshqalarga ham ravo ko'ramiz
• Har bitta xodimni rivojlantirish orqali doimiy rivojlanamiz
Buyurtmani qabul qilishdan buyurtmachiga topshirishgacha bo‘lgan to‘liq jarayon. Biz har bir loyihani aniq reglament asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Har bir jarayon nazorat qilinadi va keyingi bosqichga faqat tasdiqdan so‘ng o‘tiladi.
1. Buyurtmani qabul qilish (2 ish kuni)
Loyiha mijoz ehtiyojlarini chuqur o‘rganishdan boshlanadi. Talab va xohishlar tahlil qilinadi, dizayn bilan tanishiladi va texnik jihatdan baholanadi. Shundan so‘ng aniq hisob-kitob asosida tijorat taklifi (KП) tayyorlanadi.
2. Shartnoma va to‘lov (1 ish kuni)
Kelishilgan shartlar asosida rasmiy shartnoma tuziladi. To‘lov amalga oshirilgach, loyiha ishlab chiqarish jarayoniga rasmiy ravishda kiritiladi.
3. Texnik topshiriq (ТЗ) tayyorlash (6 ish kuni)
Loyihaning texnik asosi shakllantiriladi.
Avval texnik savollar ro‘yxati tayyorlanadi, mijozdan batafsil javoblar olinadi va yakuniy, aniq texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Bu bosqich keyingi jarayonlarning xatosiz bajarilishini ta’minlaydi.
4. Rejalashtirish va ishlab chiqarish (2 ish kuni)
Buyurtmani bajarish jarayonlari ichki reja asosida taqsimlanadi. Zarur hollarda outsors xizmatlar bo‘yicha shartnomalar tuziladi va vazifalar mas’ullarga biriktiriladi.
5. Konstruktor chizmalarini tayyorlash (7 ish kuni)
Loyiha joyiga borilib, aniq o‘lcham olinadi. Shundan so‘ng ishlab chiqarish uchun konstruktor chizmalari tayyorlanadi va barcha texnik parametrlar hisobga olinadi.
6. Buyurtmani tasdiqlatish (1 ish kuni)
Yakuniy chizma (Базис dasturi asosida) mijoz bilan kelishiladi va rasman tasdiqlanadi. Tasdiqsiz ishlab chiqarish boshlanmaydi.
7. Homashyolar xaridi (2 ish kuni)
Tasdiqlangan loyiha asosida zarur materiallar xarid qilinadi: laminat, kromka, furnitura va boshqa komplektatsiyalar. Xarid jarayoni sifat va moslik bo‘yicha tekshiriladi.
8. Ishlab chiqarish (9 ish kuni)
Buyurtma ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkaziladi.
Jarayon laminat sehi va malyarka sehida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir operatsiya ichki nazoratdan o‘tadi.
9. Outsors xizmatlarni qabul qilish (2 ish kuni)
Tashqi pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar qabul qilinadi va sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng mahsulot nazorat yig‘ish bosqichiga topshiriladi.
10. Nazorat uchun yig‘ish (контрольная сборка) (10 ish kuni)
Mahsulot to‘liq yig‘ib ko‘riladi. Bu bosqichda barcha elementlar mosligi, mexanizmlar ishlashi va texnik aniqlik tekshiriladi.
11. Qadoqlash (2 ish kuni)
Mahsulot tartibga keltiriladi va tashish jarayonida zarar ko‘rmasligi uchun maxsus qadoqlanadi.
12. Yetkazib berish (1 ish kuni)
Buyurtma belgilangan manzilga yetkaziladi. Logistika jarayoni oldindan rejalashtiriladi.
13. O‘rnatish va topshirish (10 ish kuni)
Mahsulot obyektga o‘rnatiladi va yakuniy tekshiruvdan so‘ng mijozga topshiriladi. Loyiha rasman yakunlanadi.
Umumiy muddat : ~ 55 ish kuni
Chizmalar tasdiqlangandan keyin: ~ 36 ish kuni
Inter Nation School’ning Farg‘ona viloyatida yangi ochilgan filialini jihozlash loyihasi doirasida B...
Inter Nation English School – Yunusobod filiali BRRAUF mebel tomonidan filial interyeri uchun kompl...
Bizning professional jamoamizga qo'shiling.
7 000 000 - 16 000 000 UZS
• Mijozdan buyurtmani qabul qilish va loyiha rejasini tuzish • Ish jarayonini muvofiqlashtirish (konstruktor, ishlab ch...
muddati: 22.03.2025
6 000 000 - 25 000 000 UZS
B2B (kompaniyalar, dizaynerlar, dilerlar) va B2C (yakka mijozlar) segmentlarida faol sotuvni olib borish Yangi mijozlar...
muddati: 07.02.2026
7 000 000 - 20 000 000 UZS
Biz korpusli mebel ishlab chiqarish korxonasiga BAZIS dasturida professional ishlay oladigan konstruktor qidirmoqdamiz....
muddati: 09.02.2026