+998 78 333 77 78 Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko'chasi, 5A/5
Cambridge LC uchun kompleks mebel yechimlari va ta'sischining fikri

Loyiha videosi

18 mar

Cambridge LC uchun kompleks mebel yechimlari va ta'sischining fikri

Cambridge learning center

Brrauf Mebel tomonidan Cambridge Learning Center o‘quv markazi uchun zamonaviy, funksional va brend identifikatsiyasiga mos kompleks mebel hamda interyer elementlari ishlab chiqarilib, o‘rnatildi. Loyiha davomida o‘quv markazining barcha asosiy zonalari yagona dizayn konsepsiyasi asosida jihozlandi.

Loyiha doirasida bajarilgan ishlar

Loyiha davomida markazning o‘quv xonalari, resepshn, kutish zonalari, support xonalari, oshxona, sanitariya xonalari, koridorlar va umumiy foydalanish joylari uchun to‘liq mebel va dekorativ interyer elementlari ishlab chiqarildi hamda montaj qilindi.

Shuningdek quyidagi interyer ishlari amalga oshirildi:
767 m² dan ortiq devorlar dekorativ panellar bilan qoplandi:
- bo‘yalgan MDF panellari;
- relfli (rifleniy) MDF panellari;
- oq LMDF panellari;
- akril INOX dekorativ panellari.
- 15 dona yashirin (Hidden Door) eshik ishlab chiqarildi va o‘rnatildi.
Shift uchun zamonaviy yorug‘lik qutilari (Light Box) va dekorativ MDF elementlari tayyorlandi.
Sanitariya xonalari uchun akril perforatsiyali yoritish elementlari ishlab chiqildi.

Ishlatilgan materiallar

Loyihada uzoq muddat xizmat qiluvchi va premium sifatga ega materiallardan foydalanildi:
- Bo‘yalgan MDF;
- Oqartirilgan LMDF;
- Relfli MDF panellari;
- Akril INOX dekorativ panellar;
- Metall karkas konstruksiyalar;
- Yumshoq mebel uchun yuqori zichlikdagi materiallar;
- BLUM furniturasi bilan jihozlangan shkaf va tumbalar.

Ishlab chiqarilgan mebellar

Loyiha doirasida quyidagi mahsulotlar tayyorlandi:
- Resepshn stoli;
- O‘quv partalari;
- Dumaloq va to‘g‘ri ish stollari;
- Support Corner zonalari;
- Yumshoq divanlar;
- Yumshoq pufiklar;
- Garderob shkaflari;
- Rakovina osti tumbalari;
- Bosma materiallar (Print Corner) zonalari;
- Oshxona bloki;
- Ovqatlanish stoli;
- Kassa stoli;
- Kofe stollari;
- Gul qutilari (Kashpo);
- Dekorativ shift elementlari.

Loyiha afzalliklari

Loyihaning asosiy maqsadi nafaqat chiroyli interyer yaratish, balki o‘quvchilar va xodimlar uchun maksimal qulay muhitni shakllantirish edi.

Shu sababli:
- har bir xona funksiyasiga mos mebel ishlab chiqildi;
- ergonomik o‘quv partalari uzoq vaqt davomida qulay foydalanishni ta’minlaydi;
- support zonalari o‘quvchilar bilan individual ishlash uchun moslashtirildi;
- resepshn zonasi mijozlarda kuchli birinchi taassurot uyg‘otadigan premium ko‘rinishda yaratildi;
- dekorativ devor panellari va yoritish elementlari Cambridge LC brend uslubini to‘liq aks ettiradi;
- yuqori sifatli materiallar xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytiradi;
-BLUM furniturasi mebellarning ishonchliligi va uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.

Natijada Cambridge Learning Center uchun zamonaviy, estetik va funksional ta’lim muhiti yaratildi. Ushbu loyiha Brrauf Mebelning yirik ta’lim muassasalari uchun “pod kalit” asosida kompleks mebel va interyer yechimlarini amalga oshirishdagi tajribasini yana bir bor namoyish etadi.

Loyiha galereyasi