Inter Nation School’ning Farg‘ona viloyatida yangi ochilgan filialini jihozlash loyihasi doirasida BRRAUF MEBEL jamoasi tomonidan o‘quv jarayoni, xodimlar faoliyati va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhitni hisobga olgan holda kompleks mebel va interyer yechimlari ishlab chiqildi va o‘rnatildi.
Loyiha davomida filialning turli funksional zonalari uchun individual dizayn va amaliy yechimlarga ega mebellar tayyorlandi.
• O‘quv xonalari — 14 ta xonada devorlarni LMDМF panellar bilan qoplash, bo‘yalgan dekorativ elementlar va saqlash uchun tumblar tayyorlandi.
• Test Center — ish stollari, yumshoq qoplamali mebellar, saqlash shkaflari hamda funksional zonalarni birlashtiruvchi maxsus konstruksiyalar ishlab chiqildi.
• Support zonasi — LMDМF, mato, LED yoritish, organik shisha va MDF elementlaridan foydalanilgan maxsus yumshoq mebel va ish stollari tayyorlandi.
• Marketing xonasi — 3 ta ish stoli va devor dekorativ qoplamalari bilan jihozlandi.
• Resepshn zonasi — akril materialdan tayyorlangan resepshn stoli, maxsus pufiklar va tashrif buyuruvchilarni kutib olish uchun funksional yechimlar yaratildi.
• Hollar — umumiy maydonlarda LMDМF devor qoplamalari, bo‘yalgan dekorativ elementlar, akril oval shakllar va kolonnalar orqali yagona interyer konsepsiyasi shakllantirildi.
• Garderob — o‘quvchilar va tashrif buyuruvchilar uchun ichki saqlash tizimlari bilan jihozlandi.
• Sanuzel zonalari — devor qoplamalari va LMDМF eshik konstruksiyalari tayyorlandi.
• Oshxona va maishiy zona — oshxona mebeli, ovqatlanish stoli hamda kassaga mo‘ljallangan stol ishlab chiqildi.
• Amfiteatr — 50 ta o‘rindiq hamda LED yoritish va yon tomonlaridagi funksional javonlarni o‘z ichiga olgan maxsus konstruksiya yechimi tayyorlandi.
Loyihada LMDМF, MDF, akril, organik shisha, metall elementlar, mato va LED yoritish kabi materiallar uyg‘unlashtirildi. Materiallar nafaqat estetik ko‘rinish, balki kundalik intensiv foydalanish, qulaylik va amaliylikni hisobga olgan holda tanlandi.
Natijada Inter Nation School’ning Farg‘ona filiali uchun yagona uslubga ega, zamonaviy va funksional ta’lim muhiti yaratildi.
BRRAUF MEBEL — tijorat obyektlari uchun mebel va interyer yechimlari. Loyihadan ishlab chiqarishgacha — to‘liq yechim.